"Yuventus" o‘z safiga PSJning ikki futbolchisini qo‘shib olmoqchi

  • 2 iyul, 2017, 12:25
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Blez Matuidi va jamoa himoyachisi Serj Orelar “Yuventus” klubining jiddits qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra turinliklar mavsumlar oralig‘ida o‘zlarining o‘rta chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirishgan. Bu borada Matuidi asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Bundan tashqari “Yuve” parijliklar himoyachisi Oreni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Agar, “keksa sinora” “Real” himoyachisi Daniloni qo‘lga kirita olmasa, u holda turinliklar himoyachisi uchun kurash boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Ore o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 22ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, Matiudi 34ta bahsda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!