"Yuventus" o‘z yulduzi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas
"Yuventus" jamoa hujumchisi Kenan Yildiz bilan shartnomanni uzaytirish niyatida emas. Bu haqda "Football24" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, turkiyalikning vakillari eng kamida 6 million evrolik maosh bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishni talab qilmoqda. Lekin Turin klubi hozircha faqat 5 million evro maosh berishini ta’kidlagan. Bunday holatda, Yildizning vakillari hujumchi Jonatan Devidni misol qilib ko‘rsatmoqda. Jonatan asosiy tarkibda o‘ynamasada 6 million evro oladi.
20 yoshli futbolchining "keksa senora" jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu vaziyatni Madridning "Real" klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Qirollik klubi" Kenanni qo‘lga kirtish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga tayyor. Bu futbolchi Xabi Alonsoning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.



Fikrlar