
"Yuventus" o‘zining rekordini yangiladi
"Yuventus" kecha chempionlar ligasi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin (2:1) o‘tkazdi. Mauritsio Sarri shogirdlari o‘yin davomida to‘pni 77,8 foiz nazorat qilishdi.
Bu ko‘rsatkich "Yuventus"ning chempionlar ligasi 2003/04 mavsumdan buyon eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Bundan tashqari, "keksa sinora""temir yo‘lchilar" darvozasini 28 marotaba nishonga olishgan. Ular faqat 2012-yilda "Norshellan" davrozasiga bundan ko‘proq zarba berishgan edi.
Fikrlar