"Yuventus" prezidenti Sarrini kuzatish uchun Evropa ligasi finaliga boradi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati hamon “Chelsi” ustozi Mauritsio Sarrini bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” prezidenti Andrea Anelli 60 yoshli mutaxassisni kuzatish uchun ertaga bo‘lib o‘tadigan "Chelsi" va "Arsenal" o‘rtasidagi Evropa ligasi finaliga borishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Massimiliano Allegri “Yuventus” bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi.

Fikrlar