
"Yuventus" qishda Depay yoki Milikni sotib oladi
“Yuventus” joriy qishki transferlar davrida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, turinliklar sport direktori Fabio Paratichi bu borada ikkita variantni ko‘rib chiqmoqda. Bular Memfis Depay («Lion») va Arkadiush Milikdir («Napoli»).
Yuqorida tilga olingan futbolchilarning klub bilan amaldagi shartnomalari mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. “Napoli” Milikni 18 mln evroga, “Lion” esa Depayni 5 mln evroga baholamoqda.
26 yoshli Depay joriy mavsum Ispaniya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 26 yoshli Milik avgust oyidan buyon maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar