"Yuventus" qoidabuzar yulduzlarini jazolaydi

  • 1 aprel, 2021, 19:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, Evropada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangan. Qit’ada qarantin qoidalari qat’iy joriy etilgan.

Shunga qaramay, omma e’tiboridagi bir necha yulduz futbolchilar ushbu qoidalarni qasddan buzdi. "La Stampa" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Yuventus" futbolchilari Ueston MakKenni, Paulo Dibala hamda Artur protokolga amal qilmagan.

Gap shundaki, "keksa senora" vakillari kommendantlik soati bo‘layotgan paytda amerikalik yarim himoyachining uyida bazm uyushtirgan. Shuningdek, u erda 20 ga yaqin odam bo‘lgan. Politsiya 1 soat davomida eshikni ochishga buyruq bergan.

Endi jamoa ularni jazolashi aytilmoqda. Bugun Turin klubi himoyachi Merix Demiral Turkiya yig‘inidan koronavirus yuqtirib olgan holda qaytganligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!