
"Yuventus" Raboga o‘rinbosar topdi
"Yuventus" "Latsio" vakilini olib kelmoqchi.
Katta ehtimol bilan Adrien Rabo shartnoma muddati tugashi bilan yozda "Yuventus"ni tark etadi. Frantsiyalik yarim himoyachiga APLning "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Tottenxem" va "Nyukasl" jamoalari xaridor.
Turin klubi Rabo o‘rniga "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savich olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.
"Latsio" 28 yoshli futbolchini 60 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot o‘rnida, serbiyalik yarim himoyachi joriy mavsum "Latsio" tarkibida A Seriyaning 23 bahsida qatnashib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol etdi va sheriklariga 8 ta samarali uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar