"Yuventus" Raboni yo‘qotdi

  • 05.08.2021 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Adrian Rabo jarohat olib safdan chiqdi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26 yoshli frantsiyalik futbolchining chap son mushaklari shikastlangan. Shifokorlar uning sog‘ayishi uchun taxminan 3 hafta muddat talab etilishini aytishmoqda.

Rabo o‘tgan mavsum "Yuventus" safida 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Yuventus” 8 avgust kuni Kataloniyada “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!