
"Yuventus" "Real" himoyachisiga qiziqib qoldi
"Real" Madrid klubi himoyachisi Teo Ernandes "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turinliklar dastlab “qirollik klubi”ning boshqa bir himoyachisi – Marseloga qiziqish bildirishayotgan edi, ammo hozir ularning bu fikri o‘zgargan. Ular nisbatan yoshroq futbolchilarga e’tibor qaratishmoqda.
Ta’kidlash kerakki, madridliklar ham 21 yoshli futbolchisini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Ernandesni 2017 yil “Atletiko”dan 24 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsumni “Real Sosedad” safida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar