"Yuventus" Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmaydi. Sabab nima?

  • 27.07.2021 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, "Yuventus" rahbariyati yuqori maosh tufayli hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Ta’kidlash kerakki, 36 yoshli portugaliyalik futbolchining “keksa sinora” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Ronaldu "Yuve"dan yiliga 31 mln evro maosh olmoqda.

Ronaldu o‘tgan mavsum A Seriyada 29 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Ronalduni 2018 yil “Real”dan xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!