“Yuventus” Ronaldu bo‘yicha so‘nggi qarorini e’lon qildi

  • 22 mart, 2021, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduning kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelinganini ma’lum qildi.

Tecno

Avvalroq, jamoa Evropa Chempionlar ligasini erta tark etgani uchun klub rahbariyati yiliga 31 million evro maosh olayotgan Ronalduniyozda transfer qilib, portugaliyalik hujumchi uchun sarf qilingan mablag‘larning muayyan qismini qaytarishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqatilayotgan edi.

Biroq, vaqt o‘tishi bilan klub xo‘jayinlarining qarori o‘zgardi.

- Biz Krishtianu Ronalduni jamoada saqlab qolishga qaror qildik. U dunyodagi eng yaxshi futbolchi va jamoa uning atrofida jipslashgan. “Yuventus” o‘tgan yildan boshlab yangi loyihani hayotga tadbiq etmoqda. Bitta o‘yin bizning strategiyamiz va maqsadlarimizni o‘zgartirib yubormasligi kerak. Biz hozirga qadar amalga oshirgan ishlarimizdan faxrlanamiz. Jamoani yanada takomillashtirish maqsadida boshlangan harakatlarni davom ettiramiz, - dedi Fabio Paratichi.

Krishtianu Ronalduning ketishi haqidagi xabarlar tarqatilganidan keyin unga “Inter Mayami”, PSJ, “Real”, “Manchester Yunayted” kabi superklublar xaridor bo‘layotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!