“Yuventus” Shomurodovga qarshi o‘ynagan himoyachini olyapti

  • 27.10.2020 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Verona” himoyachisi Matteo Lovato qishki transferlar vaqtini jamoasini o‘zgartirib, “Yuventus”ga o‘tadi.

Bu futbolchi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Jenoa”da debyut qilgan uchrashuvda hamyurtimizga qarshi o‘ynagan edi.

Turin klubi 20 yoshli himoyachini yanvar oyida qishki transferlar mavsumi boshlanishi bilan o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qaror qilgan.

Matteo Lovato yosh bo‘lishiga qaramay, “Verona”ning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. U joriy mavsumda jamoasining beshta uchrashuvida ishtirok etdi.

A Seriyada o‘zbek derbisini ko‘rishimiz mumkin edi...

Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov evropaliklardan kuchsiz emas!

Shomurodovni “Inter” yulduzlari sinovdan o‘tkazadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
MD VDA
27/10/2020 09:58
Спортс.уз сайтида маскарабозлар ишлайди шекилли. Сарловхани бошкачарок езса бумайдими. Шомуродовга каршимиш Шомуродовни Роналдудан хам утказворишибдими