
"Yuventus" so‘nggi turda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video)
Italiya A Seriyasining so‘nggi 38-turida “Yuventus” safarda “Bolonya” mehmoni bo‘ldi.
“Yuventus” safida Federiko Keza (6'), Alvaro Morata (29', 47') va Adrien Rabo (45'), “Bolonya” safida Rikkardo Orsolini (85') gol muallifi bo‘ldi. Shu tariqa turinliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar