“Yuventus” supertransferga ishonmoqda
“Yuventus” klubi rahbariyati “Milan”ni erkin agent sifatida tark etgan Janluiji Donnarumma Turinga kelishiga ishonmoqda.
Ayni paytda Italiya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha turli klublar bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Turinliklar esa, Donnarumma “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Chelsi”klublar taklifiga qaramay, “Yuventus”ni tanlashini kutmoqda.
Ma’lumotlarda aytilishicha, “Yuventus” mutasaddilari 22 yoshli darvozabonning o‘zi va agenti Mino Rauola bilan ancha avval shartnoma shartlarini kelishib qo‘ygan ekan. Unga ko‘ra, Donnarumma 2026 yilgacha davom etadigan bitim va yiliga 10 million evro maosh oladi.



Fikrlar