
"Yuventus" takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor
"Yuventus" yarim himoyachi Federiko Bernardeski borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Turin klubi rahbariyati qishki transfer vaqtida futbolchi bilan xayrlashishi mumkin.
"Corriere della Sera" nashrining xabariga ko‘ra, "Yuve" Bernardeskini 20 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Avvalroq, uning xizmatiga "Gerta" va "Lion" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Joriy mavsum futbolchi "keksa sinoralar" safida 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar