"Yuventus" tarixiy rekord ostonasida turibdi

  • 04.04.2019 14:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi Italiya A Seriyasida tarixiy rekord o‘rnatish arafasida turibdi.

Agar ular shanba oqshomida “Milan”ni mag‘lubiyatga uchratishsa va "Napoli" "Jenoa"ga yutqazsa, “keksa sinora” muddatidan avval chempionlikni tantana qilishi mumkin.

Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar yuqoridagi holat sodir bo‘lsa, "Yuventus" chempionat yakunlanishiga 7ta tur qolganda g‘oliblikni tantana qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. E’tiborlisi, A Seriya tarixida hech qachon chempion jamoa nomi bu qadar erta ma’lum bo‘lmagan. Bu boradagi eng yaxshi natija 5ta o‘yinni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, "Yuventus" - "Milan" uchrashuvi 6 aprel kuni, "Napoli" - "Jenoa" bahsi esa 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!