“Yuventus” top-himoyachi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

  • 17 iyul, 2022, 16:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi “Eurosport” nashri.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi 25 yoshli ispaniyalik uchun 40-45 million evro taklif qilishga tayyor. “Vilyarreal” esa himoyachi uchun 50 million evro talab qilmoqda. Shuningdek, “Manchester Siti” ham Torres uchun kurash olib bormoqda, biroq “Yuventus” futbolchi uchun raqobatda favoritroq ko‘rinmoqda.

Qayd etilishicha, “keksa sinora” “Bavariya”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Matteys de Ligtga o‘rinbosar qidirmoqda. Pau esa niderlandiyalik uchun zo‘r alternativ bo‘lishi kutilmoqda.

Torres o‘tgan mavsumda "Vilyarreal"ning barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!