"Yuventus" "Tottenxem"ning Dibala borasidagi taklifini rad etdi
Turinning "Yuventus" kdubi rahbariyati jamoa hujumchisi Paulo Dibalani "Tottenxem"ga qo‘yib yuborishni xohlamadi. Bu haqda La Stampa nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora”ni “shporlar”ning taklifi qoniqtirmagan. Gap shundaki, londonliklar argentinalik futbol yuduzi uchun 50 mln evro taklif qilishgan. Biroq, turinliklar uni qimmatroqqa sotishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Dibalani MYu forvardi Romelu Lukakuga almashtirmoqchi ekani haqida ham xabarlar tarqaldi.
Ma’lumot uchun, Dibala o‘tgan mavsum “Yuve” safida A Seriyada 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar