"Yuventus" va "Arsenal" bir futbolchi uchun kurashmoqda

  • 15 iyun, 2021, 11:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sassuolo" klubining etakchi futbolchilaridan biri Manuel Lokatelli joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Tecno

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, yarim himoyachini Londonning "Arsenal" klubi sotib olishni ko‘zlamoqda. "Kanonirlar" rahbariyati Lokatellini sotib olish uchun taxminan 40 million evro ajratishga tayyor. Oldinroq OAV futbolchining "Yuventus" bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Aytishlaricha, tomonlar bitimni imzolashga yaqin turibdi.

Manuelning "Sassuolo" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 34 ta uchrashuv o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!