
“Yuventus” va “Man Siti” o‘zaro futbolchi almashishi mumkin
“Yuventus” va “Manchester Siti” o‘zaro futbolchi almashishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi Arturni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. O‘z navbatida turinliklar esa Ilkay Gyundoganni sotib olish borasida muzokara boshlash arafasida turibdi.
Agar Gyundogan “Manchester Siti”da rotatsiya o‘yinchisi bo‘lsa, “shaharliklar”ni tark etishga qarshi emas. Allegri esa Arturni yangi mavsum rejalariga kiritmagan. Hatto, murabbiy futbolchiga yangi klub izlash kerakligini ochiq aytgan.
Shu bois, tomonlar almashish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ayni damda har ikki futbolchi ham 20 million evroga baholangan.
Fikrlar