"Yuventus" va "Milan" "Arsenal" futbolchisi uchun kurash boshladi

  • 10.08.2019 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Shkodran Mustafi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli germaniyalik futbolchiga "Yuventus" va "Milan"dan jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ta’kidlash kerakki, “kanonirlar” “Chelsi”dan David Luizni sotib olishgach, Mustafida asosiy tarkibga kirish imkoniyati keskin pastlab ketdi. Shu boisdan u jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mustafi “Arsenal” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 115ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!