
"Yuventus" va PSJ yulduzli "rokirovka" qilishi mumkin
"Yuventus" va PSJ o‘zaro futbolchi almashishi mumkin.
"Keksa senora" yarim himoyachisi Artur faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Buning evaziga parijliklar hujumchisi Mauro Ikardi A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sports" nashri xabar bermoqda.
E’tiborlisi, har ikki futbolchi ayni paytda jamoasidagi holatidan norozi. Ular asosiy tarkib uchun kurashda imkoniyatni boy beryapti.
Ma’lumot uchun, Ikardi avval ham "Apennin yarimoroli"da, "Inter" libosida to‘p tepgan.
Fikrlar