
"Yuventus" van Deykni qo‘lga kiritmoqchi
"Liverpul" va Gollandiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Virjil van Deyk yozda Italiyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi uchun Turinning "Yuventus" klubi da’vogarlik qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "keksa sinora" vakillari van Deyk uchun yozda 150 million funt to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum avvalida turinliklar "Ayaks"dan van Deykning vatandoshi Matteys de Ligtni tarkibiga qo‘shib olishgan edi.
Fikrlar