"Yuventus" yozda sotib yubormoqchi bo‘lgan futbolchisiga yangi shartnoma tayyorlab qo‘ydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Yaqin kunlar ichida turinliklar 26 yoshli forvard mutasaddilari bilan muzokaralarga kirishish niyatida, deya xabar  bermoqda Goal.com nashri.

O‘tgan yozda argentinalik futbolchi "Yuve"ni tark etishi mumkin edi, unga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari tomonidan qiziqishlar bo‘lgan edi.

Ammo joriy mavsumda Dibala Mauritsio Sarri bildirgan ishonchni oqlashda davom etmoqda, shu sababli turinliklar hamkorlikni uzaytirishga qaror qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!