“Yuventus” yulduzi termadan haydaldi

  • 8 sentabr, 2021, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” yarim himoyachisi Ueston Makkenni AQSh terma jamoasidan haydaldi.

Tecno

Manbalarning xabar berishicha, amerikalik futbolchi KOVID-19 protokolini ikki marotaba buzgan. Dastlab, u murabbiylar ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan terma jamoa qarorgohini tark etgan. Keyin o‘zi bilan birga begona kishini olib kelgan.

AQSh  terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter Makkennining bu qilig‘ini uni terma jamoadan haydash bilan jazoladi va yarim himoyachi 9 sentyabr kuni 2022 yilgi jahon chempionatining saralash turnirida Gondurasga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Makkenni AQSh terma jamoasining etakchilaridan hisoblanadi. U jami 25 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!