
“Yuventus” “zebralar”ning eng zo‘rini oladi
“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida “Udineze” sardori Rodrigo de Paulni transfer qiladi.
Argentinalik yarim himoyachi “zebralar” tarkibida besh yildan buyon yuqori saviyada o‘yin namoyish etmoqda va bugungi kunda jamoaning etakchi o‘yinchisi hisoblanadi.
26 yoshli yarim himoyachining “Unideze” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. Shu bois, turinliklar Argentina terma jamoasi o‘yinchisini olish uchun kamida 30 million evrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Rodrigo joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar