
"Yuventus"ga aynan shu hujumchi kerak!
“Sassuolo” hujumchisi Janluka Skamakka faoliyatini A Seriya grandi safida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli italiyalik futbolchining yangi jamoasi “Yuventus” bo‘lishi mumkin. Turin super klubi o‘ziga yangi hujumchi qidirmoqda. Mauro Ikardi, Per-Emerik Obameyang va antoni Marsyal bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar hali ham ijobiy tomonga o‘zgarmayapti. Shu bois turinliklar aynan Skamakka variantiga e’tibor qaratishgan. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan.
Qayd etilishicha, “Yuventus” hujumchini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan yanvarda ijaraga olishi mumkin.
Janluka Skamakka joriy mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urdi.
Fikrlar