
"Yuventus"ga Gvardiola kelmoqda, bunga Allegri ham sha’ma qildi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘zining o‘rniga "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola kelishiga sha’ma qildi.
“Manchesterdan murabbiy kelishi yaqin”, - deydi italiyalik mutaxassis muxlislar tomonidan berilgan savolga javoban.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ayrim OAV vakillari Gvardiola “Yuventus” bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatgan edi. Biroq, keyinchalik “shaharliklar” ushbu xabarni inkor etishdi.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Allegri mavsum yakunlangach jamoadan ketishini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar