
"Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan "Milan"da yo‘qotishlar bor
"Milan"ning 4 nafar futbolchisi "Yuventus"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa sinoralar"ga qarshi o‘yinda Ibrahimovich, Salemakers, Bennaser va Gabbiya ishtirok eta olmaydi.
"Rossonerilar" etakchisi Zlatan 18 yanvargacha safga qaytishi kutilmoqda. U ikki oydan buyon jarohatidan tiklanmoqda.
"Yuventus"ga qarshi o‘yin 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda "Milan" turnir jadvalida "Yuve"dan 10 ochko oldinlab ketgan.
Fikrlar