"Yuventus"ga qarshi o‘yinda "Jenoa" darvozaboni Ronalduni chalg‘itishga urindi, biroq uddalay olmadi

  • 15 dekabr, 2020, 16:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Jenoa"ga qarshi bahsda (3:1) Mattia Perin qo‘riqlayotgan darvozasi tomon belgilangan ikkita penaltini aniq amalga oshirdi.

Tecno

Portugaliyalik futbolchi birinchi 11 metrli jarima to‘pini darvozaning markaziga yo‘lladi. Ikkinchi penalti oldidan genuyaliklar posboni Krishtianuga yana darvoza markaziga zarba yo‘llashi haqida savol berib ("Bu safar ham markazgami?"), uni chalg‘itishga urindi.

Biroq, Ronaldu ikkinchi penaltida to‘pni darvozaning yuqori chap burchagiga yo‘lladi va golkiperga qarab "sen qayoqqa ketib qolding, Perin?", - deya javob berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!