
“Yuventus”ga uning yordami kerak
“Yuventus” joriy mavsumda chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayapti. Jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo argentinalik hujumchi Paulo Dibala xizmatlariga katta ehtiyoj sezayotganini bildirdi.
Turinliklar argentinalik futbolchi jarohatidan tiklanib, maydonga qaytsa, jamoa hujumi keskin kuchayishi va o‘yinda kreativ qarorlar ko‘payishiga ishonch bildirmoqda.
- Bizga Dibalaning gollari etishmayapti. Paulo jamoaning sifatini oshira oladi. Tezroq uni maydonda ko‘rishni istaymiz. U biz uchun juda muhim o‘yinchi, - dedi Andrea Pirlo.
Paulo Dibala ko‘p vaqtini davolanishga sarflamoqda. 27 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami 16 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar