
"Yuventus"ning 3 ta futbolchisini sotib olmoqchi bo‘layotgan APL klubi qaysi?
"Yuventus" klubining birdaniga 3 ta futbolchisi "Nyukasl"ga yo‘l olishi mumkin.
TuttoJuve tarqatgan xabarga ko‘ra, “qarg‘alar” Adrian Rabo, Aaron Remzi va Duglas Kostani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu futbolchilarning umumiy transfer bahosi 80 mln evroga tushishi mumkin.
“Nyukasl”ning yangi xo‘jayini Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi bo‘ladi va shu sababli ham jamoa yozda o‘z tarkibini sezilarli tarzda kuchaytirishni rejalashtirgan.
Fikrlar