"Yuventus"ning sobiq himoyachisi jamoaga qaytdi
"Yuventus" klubining sobiq himoyachisi Andrea Bardzali jamoa murabbiylar shtabida ish boshladi.
38 yoshli italiyalik Mauritsio Sarrining murabbiylar shtabida texnik direktor bo‘lib ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Bardzali o‘tgan mavsumda futbolchilik faoiyatini yakunlagan edi. U Koverchano o‘quv markazida murabbiy kurslari bo‘yicha tahsil oldi.
Ma’lumot uchun, sobiq futbolchi Italiya terma jamoasi bilan 2006 yili jahon chempioni bo‘lgan. Turin klubi bilan esa A Seriyaning 8 karra chempioni hisoblanadi.

Fikrlar