Yuz million yevroga baholanayotgan 16 yoshli o‘smir yetti klub o‘rtasida talash bo‘lyapti

  • 12.10.2026 12:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» rahbariyati «Palmeiras»ning 16 yoshli qanot hujumchisi Eduardu Konseisauni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini faollashtirdi. London klubi braziliyalik vinger 18 yoshga to‘lganda uni jamoaga olib kelishni istamoqda. Bu haqida Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Palmeiras» Konseisau bo‘yicha takliflarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub futbolchining transferi uchun 100 million yevro talab qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Braziliyalik iqtidorga «Barselona», «Real Madrid», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Bavariya» va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va uchta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 31 yanvargacha mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!