Zaa APLda «BLM»ga qarshi chiqqan birinchi futbolchi! U bu ish o‘z kuchini yo‘qotdi, deb hisoblamoqda!

  • 25 mart, 2021, 23:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Evropa futbolidagi eng so‘nggi qiziqarli voqealar bilan tanishtirib o‘tishda davom etadi.

Tecno

Hozirda Angliya premer ligasidagi barcha futbol o‘yinlari oldidan tizzasini erga qo‘yib, «Black Lives Matter» shioriga amal qilmoqda. “Qoralarning hayoti muhim” ma’nosida o‘tkazilayotgan aktsiya sayyoramizning deyarli barcha hududlarida hali-hamon kuchda. «Kristal Pelas» hujumchisi Uilfrid Zaa esa, kutilmaganda bunga qarshi chiqdi. U bu ishni Britaniyada amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

tsudzapztslplukp

Ushbu aktsiyaning bardavomligiga birinchi bo‘lib, «Brenford» jamoasi «zarba» yo‘lladi. Kuzda APLga chiqish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan jamoa rasman «BLM»dan voz kechganligini e’lon qildi. Keyinroq Ueyn Runi boshchiligidagi «Derbi» jamoasi ham o‘z e’tirozini ommaviy tarzda bildirdi. «Manchester Yunayted» afsonasi o‘z shogirdlari va murabbiylar shtabini bir saf bo‘lib turishini afzal ko‘rdi.

Katta ehtimol bilan, Uilfrid aynan ulardan ilhomlangan ko‘rinadi. Uning bu ishidan so‘ng, «On The Judy» padkastiga mehmonga chaqirishdi. Hujumchi o‘z qarorini quyidagicha izohlab berdi:

“Men nima uchun tizzamni erga qo‘yishim kerak? Biz hamma uchun muhim ekanligimizni shunday isbotlashimiz kerakmi? Nima uchun men “BLM” yozuvi tushirilgan futbolkalarni kiyishim kerak? Bizning hayotimiz muhim ekanligi haqida aytilayotgan so‘zlarning barchasi rasmiyatchilik xolos. Mendan intervyu olishar ekan, BLMni qo‘llab-quvvatlashim kerakligi haqida so‘rashadi. Agar irqchilikka qarshi kurashdaman, desam bo‘lgani. Ular meni hisobga qo‘shib qo‘yishadi va bo‘ldi.

Irqchilik haqida hammasi o‘z joyiga tushmaguniga qadar intervyu bermayman. Barcha platformalarda odamlar feyk akkaunt ochib qoratanliklarni mazax qilish bilan ovora. Ularga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmayapti. Menga o‘yindan oldin hurmat ko‘rsatishim kerakligi haqida aytishdan oldin, o‘shalarni toping va jazolang!»

lerglerpglpr

Fevral oyidan boshlab, Zaa irqchilikka qarshi kurash yo‘lidagi barcha aktsiyalarda ishtirok etishdan bosh tortdi. Oy o‘rtalarida u bilan Sky Sports katta intervyu tashkil etdi. Ushbu suhbatda qahramonimiz o‘z pozitsiyasini yashirib o‘tirgani yo‘q.

«Yana takrorlayman. Tizzamni erga qo‘yish men uchun o‘z-o‘zini tahqirlash bilan teng. Sababi, ota-onam qoratanli ekanligimdan faxrlanishim kerakligini uqtirgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘zligimdan or qilmayman. Shu bois, men doimo boshimni baland ko‘tarishim kerak, deb hisoblayman. Har bir o‘yinda bu ish takrorlanmoqda, biroq odamlar bo‘lib o‘tgan voqeani unutib bo‘ldi. Kimlardir bu odat irqchilikka qarshi kurashda foyda keltirishini aytmoqda. Men uchun buning o‘zi kamlik qiladi. Futbolkadagi yozuvlar bizni qolganlarda yana ham uzoqlashib ketishimizga sabab bo‘lmoqda. Ular bizni allaqachon alohida qilib qo‘yishdi. Bu odat sababli, endi ular bilan o‘rtamizdagi farq kattalashib bormoqda. Menimcha barchamiz boshimizni baland ko‘tarib turishimiz lozim!»

Uilfrid o‘z so‘zlarini amalda ham isbotladi. «Vest Bromvich»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda u boshini baland ko‘tardi va qolganlardan ajralib turdi. Ivuarlik futbolchi barcha tizzasini erga qo‘ygan bo‘lsa-da, qo‘llarini orqaga qilgancha xotirjam tarzda bir daqiqani o‘tkazdi. Shu tariqa, Zaa BLMga qarshi chiqqan birinchi APL futbolchisiga aylandi.

O‘zining qilgan ishi muxlislar orasida turli xil reaktsiyaga sabab bo‘lishini sezgan futbolchi, o‘yindan so‘ng intervyuda voqealarga izoh berib o‘tdi.

“Men bu qarorga kelganimni bir necha hafta ilgari e’lon qilgan edim. Bu erda qarorimni muhokama qilmoqchi emasman. Biz tizzamizni erga qo‘ysak ham, qo‘ymasak ham irqchilik davom etmoqda. Ayrim futbolchilar hali-hamon tanasining rangi bilan bog‘liq hunuk so‘zlar yozilgan xabarlarni qabul qilishda davom etmoqda.

Men APLning bu borada eng shimarib, ishga kirishganidan xabarim bor. Bu yoqimli holat. Chin yurakdan bunga qarshi kurashayotgan barchani hurmat qilaman. Shuningdek, tizzasini erga qo‘yib, o‘z hurmatini ifoda etayotgan sayyoramizdagi barcha futbolchilarni hurmat qilaman. Menimcha, omma orasida bolalarning tarbiyasi va ta’lim sifatini yaxshilashga katta e’tibor qaratishimiz lozim. Ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirayotganlar esa, qattiqroq jazoga tortilishi lozim. Nafaqat futbolchilarni, balki boshqa kasb vakillarini ham himoya qilish kerak.”

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi – Roy Xojson esa, futbolchini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

rkthoprtkhortkh

“Zaa qilgan ishi izohlashi shart emas. U barchaga buning sababini tushuntirib bo‘ldi. Uilfrid bu odat o‘z kuchini yo‘qotganini aytdi. Endi bu kunimizda uchraydigan odatiy bir voqeaga aylanib bo‘ldi. Uning so‘zlarini eshitgach, klub rahbarlari va men hammasini tushundik. Agar uning manziliga negativ fikrlar kelishni boshlasa, hayron qolaman. Aslida irqchilikka qarshi kurashmoqchi bo‘lgan insonlar haqida gap ketsa, men birinchilardan bo‘lib Zahani ko‘rsatgan bo‘lar edim. U o‘z harakatini faqat so‘zda yoki o‘yin oldidan ko‘rsatayotgan yo‘q. U barchasini amalda bo‘lishini istamoqda.

Katta ehtimol bilan, tez orada Zaa boshlagan harakat katta tezlik oladi. Tez orada APLning biror bir klubi o‘yin oldidan egilishni istamasligini ma’lum qilsa, ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!