Zabihillo O‘rinboev “Navbahor” tarixiga kirdi
“Navbahor” yakunlangan mavsumda yubiley – 1400-golini urdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu golga esa Cuperliganing 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” uchrashuvida jamoa hujumchisi Zabihillo O‘rinboev mualliflik qildi (o‘sha o‘yinda “lochinlar” ushbu yagona gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi).
Shu tariqa, O‘rinboev “Navbahor”ning yubiley gollarini urgan futbolchilar ro‘yxatidan joy oldi.

Fikrlar