“Zaltsburg” grand klublarga super futbolchilarni etkazishni boshladi
“Zaltsburg”da mahoratini oshirgan futbolchilarning Evropa maydonlarida ishonchli o‘ynayotgani skautlar e’tiborini tortmoqda.
Italiyaning etakchi klublaridan hisoblangan “Napoli” yulduz futbolchilarini qimmatga pullab, ularning o‘rniga transferi arzon yosh iqtidor egalarini olib kelishga harakat qilmoqda.
Bu gal neapolliklar “Zaltsburg” yarim himoyachisi Dominik Soboslaiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiyaliklar 19 yoshli vengriyalik vingerni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Bu futbolchi joriy mavsumda 29 ta o‘yinda to‘rtta gol urib, 7 ta golli pas berdi.

Fikrlar