
Zamonamizning eng zo‘r hujumchisi nomi aytildi. U Mbappe emas!
Frantsiyalik sobiq futbolchi Vilyam Gallas hozirgi paytda jahon futbolida eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi.
- Kilian Mbappe “Real”da gol ura boshlaganiga qaramay, bugungi kunda jahonning eng zo‘r hujumchisi Erling Xoland, - dedi Vilyam Gallas.
Erling Xoland 2022 yilning yozidan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Norvegiyalik gigant manchesterliklar safida shu paytga qadar 102 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 97 marotaba ishg‘ol qildi.
Xoland yangi mavsumni ham juda sermahsul boshladi. Angliya Premer-ligasining dastlabki to‘rt uchrashuvida o‘z nomiga ettita gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar