
Zarruh Adashevni muhim jang kutmoqda. Sana va raqib ma’lum
UFCdagi vakilimiz Zarruh Adashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi "Instagram"dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Shartnoma imzolandi. 8 may kuni juda kuchli va tajribali jangchi Rayan Benoyitga qarshi faoliyatimdagi eng muhim jangim. Ushbu jangda barchasi hal bo‘ladi. Bizdan harakat, Xudodan barokat!", - deya yozib qoldirdi sportchi.
Avvalroq, Zarruh Adashev promoushendagi ikkinchi jangini xitoylik Su Mudaerdziga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar