Zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeev mavsumdagi uchinchi golini kiritdi (video)
Bugun Qozog‘iston chempionatida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Igor Sergeev to‘p tepadigan "Aktobe" jamoasi safarda "Taraz" klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Sergeev hisob 2:0 bo‘lib turgan vaqtda, 52-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 76-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu uning mavsumdagi uchinchi goli bo‘ldi.
Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng "Aktobe" hisobidagi ochkolar soni 9 taligicha qoldi va 9-o‘rinda qoldi.

Fikrlar