"Zenit" futbolchisini "Arsenal"da ko‘rishimiz mumkin

  • 2 may, 2023, 16:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Hujumchi Malkom yozgi transferlar oynasida "Zenit"ni tark etishi mumkin. 

Ayrim manbalarning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi transferiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Malkom "kanonirlar"ning yozgi short-listidan o‘rin egallagan va rus klubi bilan kelisha olsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas. 

26 yoshli vinger joriy mavsumda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 25 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan, shuningdek, 9 marotaba sheriklarini golli uzatma bilan siylagan. 





Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!