"Zenit" sobiq futbolchisi: "Bashakshehir" Fayzullaevning faoliyatida tramplin vazifasini o‘tashi mumkin"

  • 23 iyul, 12:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit"ning sobiq hujumchisi va teleekspert Aleksey Gasilin TsSKA va O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

Tecno

"U katta iste’dodga ega futbolchi. Uni bejizga Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb tan olishmagan. U o‘z terma jamoasining etakchilaridan biri, ammo o‘tgan mavsumda TsSKAdagi o‘rnini yo‘qotdi. U yorqin boshladi, lekin Nikolichning sxemasi unga to‘g‘ri kelmadi. Balki, Turkiyaga o‘tish uning uchun tramplin vazifasini o‘tar. O‘ylaymanki, futbolchi va klub bu transferdan mamnun", - dedi Gasilin "Match TV" telekanali efirida.

Avvalroq TsSKA kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo Abbosbek Fayzullaev ehtimoliy transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga uchib ketganini ma’lum qilgandi. 2024/2025-yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda "qizil-ko‘klar" safida 39 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan va sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!