
Zepp Mayer: "Bavariya" ahmoq emas
"Men "Bavariya" Noyerni qo‘yib yuboradigan darajada ahmoq deb o‘ylamayman. Dunyoda undan yaxshiroq darvozabon yo‘q va yaqin 5 yil ichida bo‘lmaydi ham. Oliver Kan jamoadan ketganida 39 yoshda edi. Nega endi Noyer yana besh yil yuqori saviyada o‘ynolmas ekan?! Uning sport formasi ajoyib holatda", - dedi sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Mayer "Bavariya"ning ham futbolchi, ham murabbiy sifatidagi afsonasi hisoblanadi. U 1965-1980 yillarda myunxenliklar sharafini himoya qilgan va 1994-2008 yillar mobaynida jamoa bosh murabbiyi vazifasida faoliyat yuritgan.
Fikrlar