
Zidan adolat qilmayaptimi?
Yozgi transferlar vaqtida bosh murabbiy Zinedin Zidanning siyosatidan norozi bo‘lgan Garet Beyl va frantsiyalik mutaxassisga yoqmagan bir necha futbolchilar “Real”ni tark etgan edi. Jamoa ichida Zidanga qarshiliklar ko‘paymoqda.
Ispaniyalik yarim himoyachi Iskoga ham Zidanning unga bo‘lgan munosabati yoqmayotganini bildirdi.
- Zidan meni zaxiraga olmoqchi bo‘lsa buni bir soat ichida amalga oshiryapti. Ba’zan tanaffusda almashtiryapti. Zaxiradan o‘yinga qo‘shmoqchi bo‘lsa, atigi 10 daqiqa imkoniyat beryapti, - deb noroziligini izhor qildi Isko.
Isko 2013 yildan buyon “Real”da to‘p tepyapti va shu kunga qadar jamoa bilan 16 ta sovringa ega chiqqan. Iste’dodli futbolchi Madridga kelgunga qadar “Malaga” va “Valensiya” sharafini himoya qilgan.
Isko joriy mavsumda to‘rtta uchrashuvda maydonga chiqib, jami 148 daqiqa o‘ynadi.
Fikrlar