
Zidan "Barsa" bilan o‘yindan keyin: Hamma narsada hakamni ayblash noto‘g‘ri
Ispaniya La Ligasi 30-turi mavsumning so‘nggi "el-klasiko"sini taqdim etdi. Madriddagi kamtargina "Alfredo Di Stefano" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Hissiyotlarim a’lo darajada. Biz o‘yinni ajoyib tarzda boshladik va haqli g‘alabani qo‘lga kiritik. Bizda uchinchi golni kiritish uchun etarlicha imkoniyatlar yuzaga kelgandi.
Bahsli vaziyat to‘g‘risida har kimning o‘z fikri bor. Ammo o‘ylaymanki, hakam penalti belgilamagan bo‘lsa, bunga uning asosiy bor. Biz uchun eng muhimi maydonda nimalar qila olganimiz. "Barselona" kuchli klub va ular bizga qiyinchilik tug‘dira oldi. Ammo hamma narsada hakamni ayblash noto‘g‘ri.
Men futbolchilarim uchun xursandman. Barchamiz bir narsaga intilamiz va g‘alabani birgalikda qo‘lga kiritdik. Chempionlik uchun kurash nuqtai nazaridan hech narsa o‘zgarmadi. Oldinda hali ko‘plab uchrashuvlar bor. Endi ikkita qiyin o‘yindan so‘ng dam olishimiz kerak".
Ronald Kuman: Hakam "Real" darvozasiga aniq penalti belgilanmadi
Fikrlar