
Zidan Barselona" va "Sevilya" uchrashuvi haqida nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati 29-turi doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan g‘alaba va "Barselona"ning "Sevilya" bilan bo‘lib o‘tadigan bahsi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Barcha o‘yinlar qiyin kechadi. "Valensiya" uchrashuvning birinchi soatini juda yaxshi o‘tkazdi. Ammo biz vaziyatdan chiqib, 3 ochkoni munosib qo‘lga kiritdik. Vaziyatni qo‘lga olganimizdan so‘ng bizni mag‘lub etish oson bo‘lmaydi.
Men doim jamoam haqida bosh qotiraman. Raqobatchilarimiz nimalar qilayotgani bilan ishim yo‘q. "Barselona" va "Sevilya" o‘rtasidagi o‘yinni kuzatmayman, ammo kataloniyaliklar ushbu qarama-qarshilikda muvaffaqiyatsizlikka uchrashishiga ishonmayman", - deydi Zidan.
"Real" 29 turdan so‘ng "Barselona" dan ikki ochko ortda qolgan holda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi
Fikrlar