
Zidan "Barselona"ning EChLda muvaffaqiyatsizlikka uchragani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ning EChLdagi muvaffaqiyatsizligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Barselona” Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmadi, ammo, bu “Real” uchun mavsumni ajoyib o‘tganini ta’minlamaydi. Kataloniyaliklarning mag‘lubiyati hech narsani o‘zgartirmaydi.
Valverdega kelsak, u ushbu mag‘lubiyatgacha ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Bilmadim, uni tanqid qilish qanchalar to‘g‘ri”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" EChL yarim finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida "Liverpul"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar