
Zidan: Benzema - dunyoning eng yaxshi hujumchisi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Karim Benzema haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Aslida Benzema dunyoning eng yaxshi hujumchisi. Uning qancha gol urgani juda ta’sirlanarli va men Benzema uchun xursandman”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Real” Benzemani 2009 yil “Lion”dan 35 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 50ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar