Zidan: Familiyam muammo bo‘lyapti!

  • 14 aprel, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidanning o‘g‘li Luka faoliyatida familiyasi muammo keltirib chiqarayotgani haqida gapirdi. “Real”da tarbiyalangan Luka ayni paytda “Rayo Valekano” jamoasi darvozasini qo‘riqlamoqda.

Tecno

- Otam Zinedin Zidan ekanining yaxshi va yomon tomonlari bor. Men, albatta, otamni juda yaxshi ko‘raman va men uchun qilayotgan ishlaridan minnatdorman. Shu bilan birga uning o‘g‘li bo‘lganim qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ba’zan Zidanning o‘g‘li ekanim, foydadan ko‘ra, ko‘proq zararimga ishlaydi.

Odamlar birinchi bo‘lib, Zinedin Zidanning o‘g‘li, deb munosabat quradi. Ular otam bizni turli klublarga joylab qo‘yadi, deb o‘ylaydi. Zinedin Zidanning o‘g‘li bo‘lganimiz uchun bizdan fantastik o‘yin kutadi. Faoliyatimizni yo‘lga qo‘yish uchun mashaqqatli mehnat qilayotganimizni esa, juda ozchilik biladi, - dedi Luka Zidan.

Hozir “Rayo Valekano” Ispaniya chempionati Segundasida ishtirok etmoqda. Bu jamoa 16 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi, etti marta durang o‘ynab, 10 ta bellashuvda imkoniyatni boy berdi.

Messi “Barsa”da qolish shartini aytdi. Laporta buni bajara oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!