Zidan Frantsiya terma jamoasi uchun yangi qoidalar joriy qildi

  • 21.09.2026 08:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchilarning jurnalistlar bilan uzoq suhbat qurishi va ular oldida kiyim uslubini namoyish qilish anʼanasiga chek qo‘yishga qaror qildi.

So‘nggi bir necha yil ichida Frantsiya terma jamoasi futbolchilarining matbuot vakillari oldiga chiqishi deyarli “moda namoyishi”ga aylanib qolgan edi. O‘yinchilar “Klerfonten”ga yetib kelishi bilanoq ularni sportga aloqasi uncha katta bo‘lmagan, ko‘proq shou-biznes va hayot tarzi haqida yozadigan nashrlar jurnalistlari kutib olar edi. Ular uzoq vaqt suratga olib, keyin esa terma jamoa yulduzlarining kiyinish uslubi sportdan yiroq doiralarda ham muhokama mavzusiga aylanardi.

derbyderbyderby.it sayti xabariga ko‘ra, Zidan bu holatdan charchagan va endi bu amaliyotga barham beriladi. Yangi tartibga binoan, futbolchilarni suratga olish huquqi faqat Frantsiya futbol federatsiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlarga beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!